TERMIZ IXTISOSLASHTIRILGAN SAN’AT MAKTABINING 65 YILLIK YUBILEYI NISHONLANDI

23 Sep, 2026 - 14:00
8
TERMIZ IXTISOSLASHTIRILGAN SAN’AT MAKTABINING 65 YILLIK YUBILEYI NISHONLANDI

TERMIZ IXTISOSLASHTIRILGAN SAN’AT MAKTABINING 65 YILLIK YUBILEYI NISHONLANDI

Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabining 65 yillik yubileyi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.



Unda maktabning turli yillarda tahsil olgan bitiruvchilari, ustoz va murabbiylar, san’at sohasi vakillari hamda o‘quvchilar ishtirok etdi. Shuningdek, Rossiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari va boshqa xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan maktab bitiruvchilari ham qatnashdi.

Tadbirda maktabning 65 yillik tarixi, ta’lim va ijodiy yo‘nalishdagi yutuqlari, ustozlarning ko‘p yillik mehnati hamda bitiruvchilarning muvaffaqiyatlari haqida so‘z yuritildi.

Yubiley doirasida o‘quvchilar va ijodiy jamoalar tomonidan musiqiy va badiiy chiqishlar namoyish etildi.
 

Mazkur tadbir Bakarov Normurod Mirzayevich boshchiligida tashkil etilib, maktab jamoasi va bitiruvchilarni bir davrada jamladi.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash