#MILLIY_LIBOS_MILLIY_IFTIXOR
25 Sep, 2026 - 10:00
9
#MILLIY_LIBOS_MILLIY_IFTIXOR
Termiz tuman 13- son bolalar musiqa va san’at maktabida o‘quvchilarning milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini yanada oshirish, ularda milliy o‘zlik va estetik didni shakllantirish maqsadida dars jarayonlari milliy kiyimlarda tashkil etilmoqda.
💫Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar musiqa va san’at sirlarini o‘rganish bilan bir qatorda, xalqimizning boy milliy an’analari, urf-odatlari va madaniy merosiga hurmat ruhida tarbiyalanmoqda.
⚡️Milliy liboslarda o‘tkazilayotgan darslar maktabdagi o‘quv jarayoniga o‘ziga xos ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi.