IJODKOR YOSHLAR BILAN IJODIY UCHRASHUV
25 Sep, 2026 - 14:00
12
IJODKOR YOSHLAR BILAN IJODIY UCHRASHUV
Termiz tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni san’at va madaniyatga yanada keng jalb etish maqsadida “Ijodkor yoshlar bilan ijodiy uchrashuv” tashkil etildi.
Uchrashuvda Termiz tuman 3-sonli madaniyat markazi rejissyori M. Salomov ishtirok etib, maktab o‘quvchilari bilan samimiy muloqot olib bordi.
Tadbir jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, rejissyor bilan ijodiy faoliyat va sahna san’ati borasida fikr almashdilar.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, ularning madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.