QIZLAR TARBIYASI — MILLAT TARBIYASI!

24 Sep, 2026 - 12:00
8
QIZLAR TARBIYASI — MILLAT TARBIYASI!

QIZLAR TARBIYASI — MILLAT TARBIYASI!

Baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internatida qizlar bilan tarbiyaviy-ma’rifiy  yig‘ilish tashkil etildi.



Yig‘ilishni oliy toifali o'qituvchi Xotin-qizlar qo'mitasi raisi  Sadoqat Temirova olib borib, qizlar tarbiyasida muhim bo‘lgan odob-axloq, ularning jamiyatimizda tutgan o'rni,kattalarga hurmat, tengdoshlarga e’tibor, muomala kiyinish madaniyati, maktab ichki tartib-qoidalariga rioya qilish kabi masalalar haqida so'z yuritdi.

Shuningdek, bo'lim boshlig'i U. Altiboyeva tomonidan qizlarga vaqtni qadrlash, bilim va hunar egallash, san’atga mehr bilan yondashish, o‘z qadr-qimmatini asrash hamda kelajak uchun aniq maqsadlar qo‘yish borasida  tavsiyalar berildi.
 

Zero, odobli qiz — oilaning fayzi, maktabning ko‘rki, millatning ertangi umididir.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash