🚫#GIYOHVANDLIKKA_QARSHIMIZ ⚡️Sog‘lom yoshlar — yurt kelajagi!
24 Sep, 2026 - 12:00
10
🚫#GIYOHVANDLIKKA_QARSHIMIZ ⚡️Sog‘lom yoshlar — yurt kelajagi!
Termiz tuman 13-son bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Sh. Primov tomonidan tumandagi 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan “Giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda yoshlarni zararli illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish hamda san’at va ijod bilan shug‘ullanishning ahamiyati haqida fikr almashildi.
O‘quvchilarni sog‘lom hayot, ezgu maqsad va yorqin kelajak sari intilishga chorlovchi suhbat samimiy ruhda o‘tdi.
Biz — sog‘lom avlod tarafdorimiz!
Giyohvandlikka qarshimiz!