Endi umumtaʼlim va musiqa maktabi o‘qituvchilari ish haqiga o‘quvchilarining cholg‘ularni qay darajada ijro etishiga qarab, 20 foizgacha ustama to‘lanadi. Yangi o‘quv yilida kamida 1,5 million o‘quvchini musiqa va sanʼatga jalb qilish muhimligi ko‘rsatib

01 Jun, 2026 - 14:00
13
Endi umumtaʼlim va musiqa maktabi o‘qituvchilari ish haqiga o‘quvchilarining cholg‘ularni qay darajada ijro etishiga qarab, 20 foizgacha ustama to‘lanadi.  Yangi o‘quv yilida kamida 1,5 million o‘quvchini musiqa va sanʼatga jalb qilish muhimligi ko‘rsatib

Endi umumtaʼlim va musiqa maktabi o‘qituvchilari ish haqiga o‘quvchilarining cholg‘ularni qay darajada ijro etishiga qarab, 20 foizgacha ustama to‘lanadi. Yangi o‘quv yilida kamida 1,5 million o‘quvchini musiqa va sanʼatga jalb qilish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Buning uchun 326 ta musiqa va sanʼat, 29 ta ixtisoslashgan maktab bilan umumtaʼlim maktablari o‘rtasida ijodiy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Musiqa va sanʼat maktablarining ijodiy jamoalari umumtaʼlim maktablarida muntazam konsert-tomosha dasturlari va mahorat darslarini oʻtkazib borishi zarurligi qayd etildi. Har yili teatr, cholg‘u, xor va raqs yo‘nalishida umumtaʼlim maktablari o‘rtasida tuman, viloyat, respublika darajasida tanlovlar o‘tkaziladi. Ularning ijod mahsulini respublika bo‘yicha targ‘ib qilish, sahna dekoratsiyalari va liboslari, musiqa asboblari olish uchun 500 million so‘mdan grant beriladi. Shuningdek, respublika tanlovi g‘oliblari madaniyat va sanʼat oliygohlariga o‘qishga qabul qilinadi.

Yaqinda buxorolik yosh kino ijodkorlar Suxrob Qodirov va Dilshod Usmonovning “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” nomli qisqa metrajli filmi Fransiyaning Kann shahridagi inklyuziv filmlar xalqaro festivalida Gran-pri sohibi bo‘ldi.

Ularga ijodini davom ettirish uchun 1 milliard so‘m miqdorida vaucher beriladi.
 

Bizga har yili xalqaro festivallar darajasida eʼtirof etiladigan turli mavzulardagi kamida 5-10 ta sifatli filmlar kerak. Bugun xalqimiz sizlardan hayotiy kinofilmlar, seriallar va ommabop hujjatli asarlarni kutyapti,


– dedi Prezidentimiz.

“O‘zbekfilm”ga milliy maqom berilib, mahalliy va xalqaro kinoindustriyaga xizmat ko‘rsatadigan markaziy kinokonsernga aylantiriladi.

Milliy filmlarimizni xalqaro bozorlarga olib chiqish maqsadida global kino platformalari bilan hamkorlik kuchaytiriladi.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash