🌈Bolalar kulgusi-dunyodagi eng go'zal va beg'ubor ohangdir!🌈
01 Jun, 2026 - 10:00
19
🌈Bolalar kulgusi-dunyodagi eng go'zal va beg'ubor ohangdir!🌈
🎉🎶 Joriy yilning 2-iyun kuni Surxondaryo viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Farzandlarimiz kulgusi baralla yangrasin” mavzusida musiqali tadbir tashkil etildi.
🦁🍦 Tadbir davomida bolajonlar uchun qiziqarli o‘yinlar va ko‘ngilochar dasturlar o‘tkazildi. Shuningdek, kutubxona xodimlari tomonidan ular hayvonot bog‘iga sayohatga olib borilib, muzqaymoqlar ulashildi.
😊💖 Bolalarning quvonchli lahzalarga boy bayrami ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.
💖🌈 Bolalar — yurtimizning eng bebaho boyligi, kelajagimiz egalari. Ularning baxtli bolaligi va yorqin kelajagi yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar mehr-oqibat va e'tiborning yorqin namunasidir.