#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

04 Jun, 2026 - 14:00
11
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

2026-yil 04-iyun kuni Denov tumani madaniyat markazida tuman madaniyat bo'limi mudiri B.Talliyev  ishtirokida “Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning musiqa va san’at sohasidagi faoliyati, erishayotgan yutuqlari hamda kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash bo'yicha prezident va hukumat qarorlari yuzasidan olib borilayotgan ishlar, yoshlarni ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirish, madaniyat va san’at sohasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish bo‘yicha muhim fikrlar bildirildi.

Tadbir yakunida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda ularga soha mutasaddilari tomonidan tegishli javob va tavsiyalar berildi.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash