Termiz shahridagi "Kurash majmuada" "Surxondaryo viloyati hokimiligi olimpiadasi" sport musobaqasining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi
04 Jun, 2026 - 10:00
10
Termiz shahridagi "Kurash majmuada" "Surxondaryo viloyati hokimiligi olimpiadasi" sport musobaqasining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi
Dastlab, viloyat hokimi Ulug'bek Qosimov spotning bir nechta turi bo'yicha g'olib bo'lganlarni tabriklab, respublika bosqichiga omad tilab, medal va estalik sovg'alarini tantanali taqdim etdi.
Shundan so'ng, viloyat madaniyat boshqarmasi, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Surхоndaryo viloyati hududiy boʻlinmasi ijodiy jamoasi va Termiz shahar madaniyat bo'limi ijodiy jamoalarining hamkorlildagi konsert dasturi namoyish etildi.
Taqdirlash marosimining boshlovchilik qismini O'zbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyat hududiy bo'linmasi suxandoni, davlat tadbirlar boshlovchisi "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi Akramjon Quchqarov olib bordi.