“Voha iste’dodlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
06 Jun, 2026 - 14:00
18
“Voha iste’dodlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini namoyon etish hamda san’at va musiqaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Voha iste’dodlari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovda iqtidorli o‘quvchilar turli yo‘nalishlarda milliy va jahon musiqa asarlarini ijro etish orqali o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Tanlov davomida hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning ijro mahorati, sahna madaniyati, ijodkorligi va san’atga bo‘lgan yondashuvi baholandi.
“Voha iste’dodlari” ko‘rik-tanlovi yosh avlodning iste’dodini yuzaga chiqarish, ularni san’at va madaniyatga keng jalb etish hamda kelajakda yetuk ijodkorlar bo‘lib voyaga yetishlariga xizmat qiladigan muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.
Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar diplom bilan taqdirlandilar.