Teatrga tashrif

06 Jun, 2026 - 14:00
8
Teatrga tashrif

Teatrga tashrif

Biz O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatriga borib, olam-olam zavq oldik. Vilgelm Gauf ertagi asosida sahnalashtirilgan “Xalifa Laylak” spektaklini tomosha qildik. Bu — inson irodasi va o‘zlikni anglash yo‘li haqidagi biz uchun ham qadrdon, sevimli asardir.

Rekonstruksiyaning birinchi bosqichi yakunlanishi bilan teatr hayoti yana jonlandi: bu yerda spektakllar namoyish etilyapti, bolalarning quvnoq ovozlari yangrayapti, ota-onalar farzandlari bilan jam bo‘lyapti. Ushbu maskanning tarixiy qiyofasi, o‘ziga xos ruhi avaylab saqlab qolingan: “Ertaklar shaharchasi”, zalning cho‘yan eshiklari, karnay chalayotgan sozandalar siymosi, noyob shisha plafonlar, peshtoq kompozitsiyalari va mozaikalar qayta tiklandi.

Qo‘g‘irchoq teatri san’ati an’analarini asrab qolish men uchun alohida ahamiyatga ega. Zero, qo‘g‘irchoq bolalar bilan muloqotda hamisha eng yaxshi vositachi bo‘lib qoladi va ular tushunadigan tilda erkinlik, mas’uliyat, matonat, do‘stlik kabi muhim tushunchalar haqida so‘zlashishga yordam beradi.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash