#Xalqaro_hamkorlik

07 Jun, 2026 - 10:00
3
#Xalqaro_hamkorlik

#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ “C5+1” formatdagi uchrashuv doirasida AQSH Davlat kotibining o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
 

Avvalroq, poytaxtda “C5+1” formatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tganligi haqida xabar berilgan edi. Uchrashuv doirasida, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibining jamoat diplomatiyasi va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Sara Rojers o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik, xususan, muzey, teatr va madaniyat sohasiga zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda madaniyat vazirligi tomonidan ilk marotaba sun’iy intellekt dasturiga muvofiqlashtirilgan "Lison Ai" tarjimon dasturidan foydalanildi.

Quvonarlisi, mazkur dastur amerikalik yuqori martabali mehmon tomonidan yuqori baholandi. Uchrashuv so‘nggida ikki davlat o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, xodimlar o‘rtasidagi tajriba almashinuvlar dasturi, madaniy sohadagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash