#Xalqaro_hamkorlik

07 Jun, 2026 - 10:00
5
#Xalqaro_hamkorlik

#Xalqaro_hamkorlik

Kuni kecha poytaxtda bo’lib o’tgan “C5+1” formatdagi uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Qirg‘iz Respublikasi Madaniyat, axborot va yoshlar siyosati vaziri Mirbek Mambetaliyev o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida ikki davlat o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlikning bugungi holati, uni yanada rivojlantirish istiqbollari hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, joriy yilning iyul oyida Qirg‘iz Respublikasining qator shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirining tashkiliy jihatlari, dastur mazmuni va madaniy loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash va o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash