Hokimlar “Chirchiq” texnoparkining ilg‘or sanoat tajribasi bilan tanishdi

08 Jun, 2026 - 10:00
3
Hokimlar “Chirchiq” texnoparkining ilg‘or sanoat tajribasi bilan tanishdi

Hokimlar “Chirchiq” texnoparkining ilg‘or sanoat tajribasi bilan tanishdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimlarining Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan yirik investitsiyaviy va sanoat loyihalari bilan tanishuvi davom etmoqda.

Hududlar rahbarlari Prezidentimiz yaqinda tashrif buyurgan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarga texnoparkning bugungi faoliyati, kimyo sanoatini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar hamda hududning sanoat salohiyatini yanada yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar taqdimot qilindi.

Taqdimot davomida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining natijalari, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, eksport hajmini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha rejalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari termoplastik elastomer granulalari va ulardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “NovoPlast TPE” korxonasi faoliyati bilan tanishdilar. Korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida import o‘rnini bosuvchi hamda xalqaro bozorlarda raqobatbardosh eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Tashrif doirasida mehmonlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning salohiyatini namoyon etuvchi “Zanjir dunyosi” taqinchoqlar ko‘rgazmasini ham ko‘zdan kechirdilar. Unda namoyish etilgan mahsulotlarning sifati, zamonaviy dizayni va milliy hunarmandchilik an’analarini o‘zida mujassam etgan jihatlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bunday amaliy tanishuvlar hududlarda sanoatni rivojlantirish, investitsiyalarni faol jalb etish hamda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish borasidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga xizmat qilmoqda.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash