#Qonunchilikdagi_yangiliklar
08 Jun, 2026 - 10:00
5
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚡️Milliy cholg‘u asboblarini sotib olish xarajatlarining bir qismi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi
Farmonga ko‘ra, Madaniyat vazirligi huzurida “Ijodga investitsiya” davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi.
➡️2026-yil 1-iyuldan boshlab Jamg‘arma hisobidan eng istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
➡️2027-yildan har yili teatr, cholg‘u, xor va raqs yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘rtasida tuman, viloyat va respublika bosqichlarida tanlovlar o‘tkaziladi. Bunda:
➡️Har bir yo‘nalish bo‘yicha respublika bosqichida g‘olib deb topilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga Jamg‘arma hisobidan 500 million so‘mdan grant ajratiladi;
➡️Respublika tanlovi g‘oliblari madaniyat va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda ijodiy imtihondan ozod etiladi hamda ularga maksimal ball beriladi.
➡️2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston fuqarolariga milliy cholg‘u asboblarini sotib olish xarajatlarining 30 foizi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.