⚡️ Ko'klam yaqin... Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik boshlanmoqda...

29 Jan, 2026 - 12:00
9
⚡️ Ko'klam yaqin... Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik boshlanmoqda...

⚡️ Ko'klam yaqin... Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik boshlanmoqda...

Madaniyat vazirligida vazirning birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligida Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko'rib chiqildi.

Navroʻz qadimiyligi, keng geografik qamrovi sababli nomoddiy madaniy merosning bir bo'lagi sifatida nishonlanadi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng, O'zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va an'analari kuchga kirdi, jumladan Navro'z bayramini nishonlash o'ziga xos tusga ega bo'ldi. 

Madaniyat vazirligida Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkil etish masalalari muhokama etildi. Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligida o'tgan yig'ilishda vazirlikning mas’ul vakillari, respublika darajasidagi tizim tashkilotlari rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshliqlari ishtirok etdi. 

Yig'ilish davomida, tayyorgarlik jarayonlarida har bir hududdan ommaviy fon guruhlari, folklor jamoalari hamda hunarmandlarni jalb qilish vazifasi yuklatildi. 

Yig‘ilishda bildirilgan fikr-mulohazalar muhokama qilindi hamda takliflar ma’qullanib, mas’ullarga vazifalarni bajarish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Eslatib o'tamiz, 2025-yilning 31-mart kuni Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shahrida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikalari vakillari ishtirokida “Navro‘z” bayrami nishonlangan edi (https://t.me/madaniyatvazirligi/44692). 

Unda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov uch mamlakat madaniyat va san’at ustalarining konsertini tomosha qilishgandi.  (https://t.me/shmirziyoyev/26460)
 

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash