⭐️ Milliy libos – milliy iftixor!
30 Jan, 2026 - 12:00
14
⭐️ Milliy libos – milliy iftixor!
Har bir xalqning o‘ziga xos urf-odati, an’analari va madaniy merosi bor. Milliy liboslar esa ana shu bebaho merosning yorqin timsolidir. Ular nafaqat go‘zallik va nafislik, balki xalqning tarixini, o‘ziga xosligini, san’ati va didini aks ettiradi.
Milliy liboslar zamonaviylik bilan uyg‘unlashib, kundalik hayotimizga qaytmoqda. Ular nafaqat bayramlarda, balki ishda, tadbirlarda, kundalik turmushda ham faxr bilan kiyilmoqda. Chunki milliy libos – bu milliy g‘urur, bizning ajdodlarimizdan qolgan bebaho meros!
Bandixon tumanidagi 9-son madaniyat markazi "Milliy liboslar kuni"da milliy liboslarda va milliy do'ppilarda ish faoliyatlarini olib borishmoqda.