🇺🇿 🇹🇷 Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi va Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi oʻrtasida 2026–2027-yillarga moʻljallangan "Madaniy hamkorlik rejasi"da nimalar aks etgan?

30 Jan, 2026 - 12:00
14

Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Anqara shahrida bo‘ldi. Oliy martabali mehmonlarni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va rafiqasi kutib oldi. Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Qo‘shma bayonot hamda Keng qamrovli strategik sheriklik doirasidagi hamkorlik mexanizmlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladilar.

Bundan tashqari, ko‘p qirrali sheriklikning turli yo‘nalishlarini qamrab oluvchi ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolandi. Xususan, O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari o‘rtasida madaniyat sohasida ham hamkorlik rejasi imzolandi.

10 ga yaqin banddan iborat hamkorlik rejasida nimalar aks etgan?

Quyida 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan quyidagi "Madaniy hamkorlik rejasi" bo‘yicha qisqacha mazmunini keltiramiz:

✔️ Qo‘shma qo‘mita yig‘ilishlari;
✔️ TURKSOY bilan ko‘p tomonlama hamkorlik;
✔️ OTS doirasida ko‘p tomonlama hamkorlik;
✔️ Audiovizual hamkorlik;
✔️ O‘zbek forumlari va festivallarida ishtirok etish;
✔️ Turk forumlari va festivallarida ishtirok etish;
✔️ Teatr hamkorligi;
✔️ Professional almashinuvlar va nomoddiy meros;
✔️ Madaniy turizm;

Ma’lumot o‘rnida, ushbu "Madaniy hamkorlik rejasi" 2026–2027 yillar davomida amalga oshiriladi va Tomonlarning o‘zaro yozma kelishuvi bilan kengaytirilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa

Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash