Prezident Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazildi
02 Feb, 2026 - 10:00
15
Prezident Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazildi
Surxondaryo viloyatida mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, mahalla nuroniylari hamda imom-xatiblar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilindi.
Seminar davomida Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda boshqa mutasaddi idoralar mas’ullari tomonidan jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, aholiga davlat siyosatining mazmunini yetkazish, shuningdek, mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada faollashtirish masalalari yuzasidan ma’ruzalar qilindi.
Yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni yanada samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.