⚡️ Vazir sohaga oid taqdimotlar bilan tanishdi
02 Feb, 2026 - 10:00
11
⚡️ Vazir sohaga oid taqdimotlar bilan tanishdi
Bugun, 2-fevral kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov sohaga oid taqdimotlar bilan tanishdi.
Vazir Ozodbek Nazarbekovga madaniyat va san’at sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklikni yanada qo‘llab-quvvatlash hamda xususiy sektor ishtirokini oshirishga oid 7 ta yo‘nalish bo‘yicha loyihalar taqdimoti yuzasidan axborot berildi.
Loyiha taqdimotida vazir o‘rinbosarlari, vazirlik markaziy apparatining tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.
Muhokamalar mobaynida vazir har bir mas’ulga tegishli topshiriqlar berib, sohada xususiy sektor uchun keng imkoniyatlar yaratish lozimligini ta’kidladi.