⚡️Seminar ⚡️Korrupsiyani birgalikda yengamiz!
05 Feb, 2026 - 10:00
17
⚡️Seminar ⚡️Korrupsiyani birgalikda yengamiz!
Surxondaryo san'at saroyida madaniyat muassasalari rahbar va xodimlari uchun "Korrupsion holatlarning oldini olish, unga qarshi kurashish", "Jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqiy savodxonlikni oshirish", "Terrorizm va diniy ekstremizm, diniy oqimlar va zararli g‘oyalarga qarshi kurashish" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda huquqni muhofaza qilish organi mas'ul xodimlari hamda Imom Termiziy nomidagi madrasa rektori K.Islomovlar ishtirok etib, korrupsiya to'g'risidagi normativ-huquqiy hujjatlar soha vakillariga keng tartibda tahlil qilinib, tanishtirib o'tildi.
Shuningdek, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, yangi loyihalar va korrupsion harakatga qarshi masalalar muhokama qilindi.