Jarqo‘rg‘onda zamonaviy axborot-kutubxona markazi barpo etiladi

23 Jan, 2026 - 14:00
24
Jarqo‘rg‘onda zamonaviy axborot-kutubxona markazi barpo etiladi

Jarqo‘rg‘onda zamonaviy axborot-kutubxona markazi barpo etiladi

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholining bilim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida viloyatimizda kutubxonalar faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanidagi Surxon sohili mahallasida joylashgan Axborot-kutubxona markazida bo‘lib, mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tuman chegarasida hududning o‘ziga xos jihatlariri namoyon etuvchi stella loyihasi qurilishi ham taqdimot qilindi.

O‘rganishlar davomida markaz joylashgan eski bino o‘rnida barcha zamonaviy talablarga javob beradigan yangi, qulay va ko‘rkam kutubxona binosini barpo etish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish vazifasi belgilandi.

Yangi loyihada kitobxonlik zallari, Wi-Fi zonalari, elektron kutubxona, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalari asosida shakllantirilgan raqamlashtirilgan kitob fondlarini joriy etish nazarda tutilmoqda.

Mazkur loyiha yoshlar va kitobsevarlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy bilim manbalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash