Surxondaryoda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari kunlik tahlil qilib borilmoqda
23 Jan, 2026 - 10:00
20
Surxondaryoda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari kunlik tahlil qilib borilmoqda
Surxondaryo viloyatida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, jarayonga tayyorgarlik ko‘rish hamda bu borada tuzilgan viloyat, shahar va tumanlar shtablari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari N. Qodirov olib bordi. Tadbir davomida aholini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘rsatkichlari har bir tuman va shahar kesimida tahlil qilindi.
Ushbu muhim siyosiy-ijtimoiy jarayonning muvaffaqiyati bevosita joylardagi shtablarning qay darajada tizimli ishlayotganiga bog‘liq. Aholi o‘rtasida onlayn platformadan foydalanish bo‘yicha targ‘ibot va tushuntirish ishlarini jadallashtirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, yig‘ilish doirasida shahar va tuman shtablariga biriktirilgan Respublika vazirlik va idoralarining mas’ul vakillari bilan ham muloqot o‘tkazildi. Ularga joylardagi ishlarni samarali tashkil etish, yuzaga kelayotgan texnik va tashkiliy masalalarni zudlik bilan hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.