Mahallada ixtisoslashuvni rag‘batlantiradigan qo‘shimcha moliyaviy mexanizmlar ham yo‘lga qo‘yiladi.
23 Jan, 2026 - 17:00
32
Mahallada ixtisoslashuvni rag‘batlantiradigan qo‘shimcha moliyaviy mexanizmlar ham yo‘lga qo‘yiladi.
Xususan, tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklariga:
– sertifikati bor ko‘chatlarni sotib olish xarajatining yarmi budjetdan qoplab beriladi;
– mevaning turiga qarab, “shpaler”lar uchun 20 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladi;
– tomorqasiga tomchilab sug‘orishni joriy qilganlarga har 1 sotix uchun 160 ming so‘m kompensatsiya to‘lanadi.
Agar usta dehqonlar mahalladagi har 10 ta xonadonda eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘ysa, 2 million so‘m, buni tomorqasi bor xonadonlarning kamida 30 foizida qilsa, yana 75 million so‘mdan mukofot oladi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/6896).
Joriy yil 2 ming gektar o‘rmon yeri 4 ming kambag‘al oilaga 50 sotixdan tutzor qilish uchun 10 yilga bepul beriladi. Bunda pilla kooperativini tuzish uchun ehtiyojmand oilalarga 4 million so‘mdan subsidiya ajratiladi.
Bundan tashqari, uyida pilla yetishtirish istagidagi ehtiyojmand oilalarga xonani jihozlash va uskuna olish uchun 20 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.