Surxondaryoda Konstitutsiyamizning 33 yilligi keng nishonlanmoqda
05 Dec, 2025 - 12:00
9
Surxondaryoda Konstitutsiyamizning 33 yilligi keng nishonlanmoqda
Bugun Termiz shahridagi "San’at saroyi" majmuasida "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — erkin va farovon hayot garovi" shiori ostida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari vakillari, Faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik markazi hamda Jamoatchilik kengashi raislari, taniqli olimlar, madaniyat xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda Yangilangan Konstitutsiya Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonlarining mustahkam huquqiy poydevori ekanligi ta’kidlandi. Tariximizda ilk bor barcha ustuvor qoidalari to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llanadigan, inson qadri, adolat va qonuniylik prinsiplarini ta’minlaydigan mukammal Konstitutsiyaga ega bo‘lingani ta’kidladi.
Shu bilan birga, tadbir doirasida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan tayyorlangan mavzuviy ko‘rgazmalar va qo‘llanmalar taqdim etildi.
Bayram munosabati bilan viloyat madaniyat va san’at sohasi vakillari, san’atkorlar tomonidan Vatanga muhabbat va milliy bag‘rikenglikni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar, raqs-u navolar ijro etildi.