Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar bilan muloqoti o‘tkazildi

05 Dec, 2025 - 14:00
8
Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar bilan muloqoti o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar bilan muloqoti o‘tkazildi

Prezidentimizning tashabbus va topshiriqlari asosida yurtimizda yoshlar masalalariga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib, yoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, munosib sharoit yaratish hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan samarali mexanizmlar joriy etilgan.

Mazkur vazifalar doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov shahar va tumanlar studiyalari orqali yoshlar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi. Muloqot davomida yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar, bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, ularning yechimlari bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Xususan, 54 nafar yoshga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit ajratish, 30 nafarini ishga joylashtirish, 12 nafarini kasb-hunarga o‘qitish, 11 nafarga dehqonchilik uchun yer maydoni ajratish, 10 nafarni probatsiya nazoratidan chiqarish vazifalari belgilandi. Shuningdek, 9 nafar yoshning ta’lim uchun kontrakt to‘lovi qoplab beriladi, 4 nafarga subsidiya asosida asbob-uskuna xarid qilib beriladi. Qolaversa, xorijiy tillar va haydovchilik o‘quv kurslari xarajatlarini qoplash, moddiy ko‘mak ko‘rsatish, "Yoshlar daftari"ga kiritish va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatish choralari belgilandi.

Ushbu vazifalar yosh avlodning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, ishga joylashishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Vazifalar ijrosi kunlik nazorat qilib borilishi belgilandi.

Viloyat hokimi yoshlar bilan muloqotlar qamrovini yanada kengaytirish, hududlarda ham hokimlar tomonidan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, ularning muammo va takliflarini hal etishda ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash