"Yashil makon" umummilliy loyihasi ijrosi muhokama qilindi
05 Dec, 2025 - 17:00
26
"Yashil makon" umummilliy loyihasi ijrosi muhokama qilindi
Xabar berilganidek, ekologik barqarorlikni ta’minlash, chang massali shamollarning aholi salomatligi va havo tozaligiga ta’sirini kamaytirish maqsadida M-39 xalqaro avtomagistrali Termiz va Angor tumanlari tutashgan hududi bo‘ylab 220 gektar maydon tayyorlanib, 16 milliondan ortiq daraxt ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida mazkur topshiriqlar ijrosini o‘rganib, mas’ullar ishtirokida "Yashil makon" umummilliy loyihasining ijrosini muhokama qildi.
Mutasaddilar "yashil belbog‘" yaratish maqsadida o‘ziga biriktirilgan maydonlarda ko‘chat ekish holati yuzasidan axborot berdi.
Ekologiya va obodonlashtirish sohasi mas’ullariga ekiladigan va ekilgan ko‘chatlarning parvarishini sifatli yo‘lga qo‘yish, ularni o‘z vaqtida sug‘orish va qarovini muddatida amalga oshirish vazifalari yuklandi.
Viloyat rahbari hududlarga tashrifini Termiz tumanida davom ettirib, "Yangi O‘zbekiston" massividagi amfiteatr maydonida asosiy Yangi yil bayrami archasini o‘rnatish ishlari hamda tashkil etiladigan dasturlar taqdimoti bilan tanishdi. Aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashuvchi bayramona tadbirlar, konsert va tomosha dasturlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.