Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

04 Dec, 2025 - 15:00
9
Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

 

Termiz shahrida Yangi yil bayramona muhitini yaratish, aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida keng ko‘lamli ishlar boshlandi. Markaziy ko‘chalar, istirohat bog‘lari, bozor va savdo markazlari bayramga xos illyuminatsiya hamda dekorativ elementlar bilan bezatilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov shahar bo‘ylab qator obyeklarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Jumladan, Yangi yil archalarini o‘rnatish, "Yashil dunyo" markaziy dehqon bozori atrofini bayramona bezash, arzonlashtirilgan mahsulotlar savdo yarmarkalarini kengaytirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar loyihalar, o‘rnatiladigan archalar hamda ularni bezatish bo‘yicha takliflarni taqdim etdi.

Shuningdek, Jo‘yjangal mahallasidagi kanal bo‘yida tashkil etilayotgan saylgohda qurilgan nuqtalarda savdo va xizmat ko‘rsatish, shuningdek, tadbirkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish jarayonlari o‘rganildi. "Turizm va yoshlar" ko‘chalarida tun-u-kun faoliyat yuritadigan bayram tadbirlari va yarmarkalarni tashkil etish ishlari ham ko‘rib chiqildi.

Mas’ullarga Yangi yil archalarini o‘rnatish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash, aholi uchun ko‘ngilochar dasturlar tayyorlash, arzonlashtirilgan mahsulotlar savdo yarmarkalari faoliyatini kengaytirish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash