Asosiy olimpiadaning viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

04 Dec, 2025 - 12:00
28
Asosiy olimpiadaning viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

Asosiy olimpiadaning viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

Surxondaryoda asosiy olimpiadaning viloyat bosqichi yakunlanib, Termiz shahridagi 26-maktabda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev ishtirok etib, iqtidorli yoshlarni tabrikladi.

Joriy yilda 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilaridan iborat 2 ming 480 nafar ishtirokchi 15 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha bellashdi. Natijada 135 nafar o‘quvchi 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallab, diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Jumladan:

▪️ 1-o‘rin — 2 mln 472 ming so‘m;
▪️ 2-o‘rin — 1 mln 648 ming so‘m;
▪️ 3-o‘rin — 1 mln 236 ming so‘m.

Tadbir yakunida Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etuvchi o‘quvchilar uchun muhim tashabbus e’lon qilindi. Unga ko‘ra, olimpiadaning Respublika bosqichida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritadigan surxondaryolik o‘quvchilar qo‘shimcha yirik mukofot puli bilan rag‘batlantirilishi ma’lum qilindi:

🔺 1-o‘rin — 30 million so‘m;
🔺 2-o‘rin — 20 million so‘m;
🔺 3-o‘rin — 10 million so‘m.

Mazkur tashabbus viloyatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va yuksak marralarni zabt etishga undashga xizmat qiladi.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash