Surxondaryoda biologik ota-onalikni aniqlash xizmatlari yo‘lga qo‘yildi

04 Dec, 2025 - 14:00
8
Surxondaryoda biologik ota-onalikni aniqlash xizmatlari yo‘lga qo‘yildi

Surxondaryoda biologik ota-onalikni aniqlash xizmatlari yo‘lga qo‘yildi

Surxondaryo viloyatida sud-ekspertiza xizmatlarining sifatini oshirish va aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan yana bir muhim loyiha – X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining viloyat bo‘limi uchun barpo etilgan yangi bino foydalanishga topshirildi.

Tantanali marosimda Adliya vaziri o‘rinbosari M.Alloquliyev, viloyat hokimining o‘rinbosari A.Amirov, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutasaddilari, davlat idoralari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yangi binoda zamonaviy talablarga javob beradigan keng imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, ilk bor Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, endilikda fuqarolar biologik ota-onalik faktini aniqlash bo‘yicha xizmatlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri viloyatda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu esa aholi uchun ham vaqt, ham mablag‘ tejash, sud-tergov jarayonlarida esa tezkorlik va aniqlikni oshirishga xizmat qiladi.

Tadbir doirasida sud-tergov organlari xodimlari va advokatlar uchun sud-ekspertlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi imkoniyatlar va laboratoriyaning ishlanish tartibi yuzasidan maxsus seminar ham tashkil etildi.

Yangi laboratoriyaning ishga tushirilishi adolatni ta’minlash, fuqarolar huquqlarini kafolatlash va sud-ekspertiza xizmatlarining shaffofligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash