Sinada infratuzilma vazifalari ijrosi o‘rganildi

04 Dec, 2025 - 14:00
8
Sinada infratuzilma vazifalari ijrosi o‘rganildi

Sinada infratuzilma vazifalari ijrosi o‘rganildi

 

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning olis va tog‘li manzilda joylashgan Sina qishlog‘iga avvalgi tashriflari infratuzilmani rivojlantirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash hamda hududning mavjud imkoniyatlari va drayveridan kelib chiqib tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish vazifalari belgilangan edi.

Bugun hokim hududlarga tashrifini Denov tumani Sina qishlog‘ida davom ettirib, belgilangan vazifalar ijrosini o‘rgandi va amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Infratuzilmani yaxshilash, qishloq hududidan oqib o‘tuvchi soy, sel-suv yo‘llari qirg‘oqlarini mustahkamlash hamda tadbirkorlik loyihalari ijrosi yuzasidan mas’ullar axborot berdi.

Viloyat rahbari qishloq aholisi, nuroniylar va faollar bilan muloqot qildi. Nuroniylar amalga oshirilayotgan ishlar uchun minnatdorlik bildirib, hasharda aholi ham faollik ko‘rsatayotganligini ta’kidlashdi. Hokim ishlar hudud aholisiga qulaylik yaratish uchun amalga oshirilayotganligini, barcha tadbirlar qishloq oqsoqollari bilan bamaslahat amalga oshirilishini qayd etdi.

Mas’ullarga ishlarni jadallashtirish, ko‘prik, yo‘l va boshqa kommunal xizmatlar tarmoqlarini ta’mirlash tadbirlarini tizimli hamda sifatli tashkil etish vazifalari topshirildi.
 

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash