Ekologik barqarorlikni ta’minlash va hududlarni obodonlashtirish ishlariga start berildi

03 Dec, 2025 - 10:00
7
Ekologik barqarorlikni ta’minlash va hududlarni obodonlashtirish ishlariga start berildi

Ekologik barqarorlikni ta’minlash va hududlarni obodonlashtirish ishlariga start berildi

Yurtimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, bu borada kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilinib, maxsus komissiya tuzildi hamda bir qator ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Surxondaryo viloyatida ham mazkur vazifalar ijrosi doirasida ekologik barqarorlikni ta’minlash, hududlarda yashil maydonlarni ko‘paytirish, mavjud nihol va daraxtlarning parvarishini samarali tashkil etish, sug‘orish ishlari, avtomobil yo‘llarida suv sepish kabi tadbirlar doimiy amalga oshirib kelinmoqda.

Bugun ushbu chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish, atmosfera havosini ifloslantiruvchi korxonalar, tadbirkorlik subyektlari va issiqxona xo‘jaliklarida nazorat-reyd tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida yig‘in o‘tkazildi.

Unda tegishli soha va tuzilmalarga belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, reydlar davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiq choralar ko‘rish, tadbirkorlarning qonuniy va xavfsiz faoliyat yuritishlari uchun zarur sharoit yaratish vazifalari yuklandi. Shuningdek, atmosferaga zararli moddalar chiqarilishining oldini olish maqsadida issiqxona va boshqa issiqlik manbalarida zamonaviy filtrlar o‘rnatish hamda qator qo‘shimcha vazifalar belgilab berildi.

Bugundan boshlab barcha tegishli tashkilotlar, tuzilma va sohaviy xizmatlar faoliyatini yanada jonlantirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, obodonlashtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish va chiqindilarni o‘z vaqtida chiqarish bo‘yicha amaliy tadbirlarga rasman start berildi.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash