⚡️Byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

12 Nov, 2025 - 14:00
4
⚡️Byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

⚡️Byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Madaniyat vaziri o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov rahbarligida vazirlik tizimida byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish holati muhokama qilingan keng qamrovli yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Hisob palatasi mas’ullari, vazirlikning markaziy apparati, quyi tuzilma va tizim tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, bosh hisobchilar ishtirok etdilar.

Tadbirda Hisob palatasining yetakchi inspektori Elmurod Saparov tomonidan 2025-yilda byudjet mablag‘laridan foydalanish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, kelgusida maqsadsiz va samarasiz xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik, mablag‘lar manzilliligi va natijadorligini ta’minlash choralari muhokama qilindi. Shuningdek, 2026-yil uchun xarajatlar smetasini amaldagi me’yoriy hujjatlarga qat’iy muvofiq holda ishlab chiqish, moliyaviy intizomni mustahkamlash va xavf omillarini o‘z vaqtida bartaraf etish vazifalari belgilab olindi.

Yig‘ilish jarayonida hisobotlar eshitildi, tizim tashkilotlarining faoliyatida kuzatilayotgan moliyaviy intizomsizlik, hujjat aylanmasidagi sustkashlik hamda hisobotlardagi noaniqliklar keskin tanqid qilindi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Elmurod Saparov tomonidan har bir tiyin sarfining samaradorligi va shaffofligi –nafaqat hisobot uchun, balki tizimdagi mas’ul rahbarlarning shaxsiy javobgarligi mezoniga aylanishi zarur ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbarlarga moliyaviy intizomni kuchaytirish, xarajatlarni rejalashtirish va ijroni nazorat qilish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash