Surxondaryoda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligi keng nishonlandi

12 Nov, 2025 - 10:00
4
Surxondaryoda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligi keng nishonlandi

Surxondaryoda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligi keng nishonlandi

Bugun Surxon vohasida yurtimiz ma’naviy hayotida muhim ahamiyatga ega tadbir — O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligi keng nishonlandi.

Termiz shahridagi "San’at saroyi" majmuasida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, viloyat ijodkorlari, mutasaddilar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Tadbirda viloyat rahbari ardoqli shoirni Surxondaryo ahli nomidan samimiy tabriklab, uning asarlarida yurtimizning go‘zalligi, xalqimiz ruhi va milliy qadriyatlarimiz chuqur ifoda etilganini ta’kidladi. Shuningdek, shoir ijodida insonparvarlik, Vatanga muhabbat va inson sha’nini ulug‘lash g‘oyalari muhim o‘rin tutishini qayd etdi.

Tadbir davomida yozuvchi va ijodkorlar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari shoir asarlaridan namunalar o‘qishdi. Shu bilan birga, Usmon Azimning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videolavhalar namoyish etildi.

Ayni paytda viloyatning barcha hududlarida atoqli ijodkorimiz, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligi munosabati bilan adabiy-ma’naviy uchrashuvlar va ijodiy kechalar o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim 1950-yil 13-avgust kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tavallud topgan.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash