#Xalqaro_hamkorlik #Taʼlim 🇺🇿🇹🇷O‘zbek va turk xonandalik maktablari o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda
13 Nov, 2025 - 10:00
4
#Xalqaro_hamkorlik #Taʼlim 🇺🇿🇹🇷O‘zbek va turk xonandalik maktablari o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti va Istambul texnika universiteti Turk musiqasi davlat konservatoriyasi o‘rtasida hamkorlik (https://t.me/uzmmsi_official/19903?single) davom etmoqda.
✔️Kuni kecha, Turk musiqasi davlat konservatoriyasi professori, doktor Jahongir Terzi va doktor Jahon Yurtchu “Maqom xonandaligi” kafedrasi faoliyati bilan tanishdilar.
✔️Shuningdek, xorijlik mehmonlar turk va o‘zbek vokal maktablari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar yuzasidan fikr almashdilar. Maqomning ijro texnikasi, ohangdagi milliylik, talaba-yoshlarning nafas va tovush diapazonini shakllantirishga doir masalalar atroflicha muhokama qilindi.