#Live

16 Oct, 2025 - 12:00
10
#Live

#Live

Kun tartibidagi to‘rtinchi masala madaniy faoliyat, nomoddiy madaniy meros va xalq ijodiyotini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Qayd etish lozim, ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonalari faoliyatida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, IRBIS dasturiga 8 000  nusxada adabiyotlar hamda 12 mingta gazeta va jurnallarning elektron katalogi yaratildi.

25 nomda bo‘rtma nuqtali badiiy adabiyotlar chop etildi, 1 271 nomdagi 12 378 dona adabiyotlar xarid qilindi.

Shuningdek, Madaniyatshunoslik instituti tomonidan 14 ta mahalliy va 3 ta xorijiy etnofolklor ekspeditsiya tashkil etildi.

12 ta mahorat darsi, 5 ta ilmiy-nazariy seminar, 6 ta respublika va 6 ta xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda ushbu sohada bir qancha muammo va kamchiliklar ham mavjudligi ma’lum qilindi, xususan,  etnofolklor laboratoriyasi tashkil etish belgilangan, biroq,  laboratoriya to‘liq ishga tushmaganligi;

Madaniyat markazlarida askiya va qiziqchilik san’ati yo‘nalishida to‘garaklar tashkil etilishi belgilangan bo‘lsa-da, ba’zi hududlarda hanuzgacha to‘garaklar tashkil etilmaganligi ma’lum qilindi.

Yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarning rejalari tinglandi.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash