#Sarhisob
16 Oct, 2025 - 11:00
8
#Sarhisob
Bugungi yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqilib, bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Unda, Madaniyat vazirligining Madaniy faoliyat, nomoddiy madaniy meros va xalq ijodiyotini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan – Sherzod Tilavov hamda Respublika baxshichilik san’ati markazi bosh direktori lavozimiga tayinlangan – Oloviddin Xo‘jamberdiyev jamoaga tanishtirildi.
Ma’lumot uchun, Sherzod Tilavov tayinlovga qadar Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida hamda Oloviddin Xo‘jamberdiyev esa tayinlovga qadar Tamara Xonim uy-muzeyi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, yig‘ilish yakunida kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan ma’lum qilingan kamchiliklar bo‘yicha, vazir Ozodbek Nazarbekov vazir o‘rinbosarlariga o‘z kompleksi bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosini barvaqt ta’minlash yuzasidan topshiriq berdi.