#Murojaat #Onlayn_qabul
29 Sep, 2025 - 10:00
10
#Murojaat #Onlayn_qabul
Hurmatli yurtdoshlar!
Bugun, 30-sentyabr kuni soat 17:00dan 18:00ga qadar O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedovning onlayn qabuli bo‘lib o‘tadi. Unda madaniyat va sanʼat sohasiga oid murojaatlar qabul qilinadi.
Onlayn qabulda ishtirok etish istagida bo‘lganlar Madaniyat vazirligining https://t.me/madaniyatvazirligi telegram kanali orqali tashkil etilayotgan “Videochat”ga ulanishlari hamda “Qo‘l ko‘tarish” belgisi orqali murojaatlari borligini ma’lum qilishlari lozim.
❗️Onlayn qabul davomida shaxsiy hayot yuzasidan murojaatlar qabul qilinmaydi.
❕Eslatib o‘tamiz, telegram akkauntida murojaatchining to‘liq ismi, familiyasi va aloqa uchun telefon raqami ko‘rsatilishi shart! Aks holda ushbu murojaat qabul qilinmasligi mumkin.
✅ Onlayn qabulda faol ishtirok eting!