Tailand delegatsiyasi bilan buddizm yodgorliklariga sayyohlarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi
29 Sep, 2025 - 14:00
22
Tailand delegatsiyasi bilan buddizm yodgorliklariga sayyohlarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi
Surxon vohasi buddizm dini tarqalishi va rivojlanishida muhim markazlardan biri bo‘lgan. Shu bois hududimizda bu din tarixi va madaniyatidan darak beruvchi noyob yodgorliklar saqlanib qolgan.
Bugungi kunda mazkur tarixiy obidalar buddizmga e’tiqod qiluvchi mamlakatlar, jumladan, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan tashrif buyuruvchi sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev viloyatga tashrif buyurgan Tailand Qirolligi Madaniyat vazirligi Milliy muzeyi Amaliy san’atlar departamenti direktori Nitaya Kanokmongkol xonim boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda buddizm yodgorliklarini asrab-avaylash va restavratsiya qilish, turizm sohasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda sayyohlar oqimini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, mehmonlar tashrif davomida viloyat muzeylari, oliy ta’lim muassasalari va buddizm yodgorliklari bilan yaqindan tanishishlari rejalashtirilgan.