Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari hamda qurilish sohasidagi loyihalar ijrosini o‘rganish jarayonlari Denov va Sariosiyo tumanlarida davom ettirildi.

30 Sep, 2025 - 10:00
16

Dastlab, Denov tumanidagi 77-sonli maktabda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari va isitish tizimlarining mavsumga tayyorligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tuman markazida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylar hamda boshqa infratuzilma loyihalari muhokama qilinib, mas’ullarga ijtimoiy soha obyektlarini mavsumga to‘liq hozirlash va qurilish ishlarini sifatli bajarish vazifalari yuklatildi.

Shundan so‘ng viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlari bilan tanishdi. Bu yerda turar joylar, infratuzilma obyektlari hamda yashil maydonlarni tashkil etish jarayonlari o‘rganildi.

Mas’ullar bilan ishlarning borishi tahlil qilinib, qurilish-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, turar joylarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish va kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Tashrif yakunida viloyatda qurilish loyihalari va dasturlari ijrosi muhokama qilindi. Mutasaddilarning axborotlari tinglanib, o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, loyihalarning muddatida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash vazifasi topshirildi.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa

Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash