Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni tantanali nishonlandi
30 Sep, 2025 - 10:00
14
Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni tantanali nishonlandi
1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maktab rahbariyati, pedagog-xodimlar hamda o‘quvchilar ishtirok etdilar.
Tadbirda maktab direktori barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, u ta’lim va san’at yo‘nalishida fidokorona xizmat qilib kelayotgan o‘qituvchilarga chuqur minnatdorchilik bildirib, yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalashdagi mehnatlarini yuksak qadrlashini ta’kidladi.
Bayram dasturi davomida o‘quvchilar tomonidan badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, she’r va qo‘shiqlar namoyish etildi. Tadbir doirasida o‘z xizmat burchini sidqidildan bajarayotgan bir qator pedagoglar maktab rahbariyati tomonidan faxriy diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.