#Ustozlarga_ehtirom
30 Sep, 2025 - 12:00
13
#Ustozlarga_ehtirom
Respublika baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Ustozga ehtirom” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni maktab- internati direktori D .Choriyev ochib berdi va barcha ustoz hamda murabbiylarni bayram bilan samimiy tabrikladi. So‘zga chiqqan o‘qituvchilar va faxriy ustozlar yoshlarga ilm, ma’naviyat va milliy qadriyatlarni singdirishdagi o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Shuningdek, maktab-internat o‘quvchilari ustozlarga bag‘ishlangan she’rlar, baxshi qo‘shiqlari, kuy va sahna ko‘rinishlarini ijro etib, ustozlariga hurmat va ehtiromlarini izhor etdilar.
Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Yakunda ustoz va murabbiylarga maktab jamoasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.