⚡️QO'G'IRCHOQ TEATRIDA TAILANDLIK MEHMONLAR!
30 Sep, 2025 - 12:00
11
⚡️QO'G'IRCHOQ TEATRIDA TAILANDLIK MEHMONLAR!
Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatriga viloyat hokimligi tashabbusi bilan Tailand davlatidan bir guruh mehmonlar tashrif buyurishdi.
Teatr ijodiy jamoasi mehmonlarni surxon vohasiga xos milliy liboslarda sahnaviy chiqishlar bilan kutib olishib, “Karvon saroy” spektaklini namoyish etishdi.
Teatr rahbariyati tomonidan mehmonlarga estalik sovg‘alari taqdim etildi. Shuningdek, xorijlik mehmonlarga teatr faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar hamda qo‘g‘irchoqlar saqlanadigan xonalarga ekskursiya tashkil etilib, estalik uchun suratlarga olindi. Tadbir esda qolarli tarzda o‘tkazildi.