🎭 Premera!
22 Aug, 2025 - 12:00
21
🎭 Premera!
Avval xabar qilganimizdek Surxondaryo viloyat Prokuraturasi buyurtmasi asosida repertuar rejasidan tashqari sahnalashtirilgan "Tig‘ ustida yurgan odamlar" spektakli viloyat Prokuraturasi xodimlariga premera tarzida namoyish etildi.
Prokuratura tizimida faoliyat olib borgan va qonun ustuvorligini taʼminlash yo‘lidagi xizmatlari, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoy qilish, tizimda adolat o‘rnatish yo‘lidagi kurashlari bois sobiq ittifoq tuzumining qurboni bo‘lgan fidoiy insonlar hayoti aks ettirilgan spektakl, Prokuratura xodimlari, tomoshabinlar va OAVlari xodimlariga manzur bo‘ldi.
Sahnalashtiruvchi rejissor F.Boltayevning topilmalari, mahoratli aktyorlarning ijrolari asar muvofaqiyatini taʼminlabgina qolmay, qatag‘on tuzum qurboni bo‘lgan vatandoshlarimizning ayanchli qismatini ochib bergan. Taʼkidlash o‘rinliki bu viloyat Prokuraturasining ikkinchi loyihasi hisoblanadi.