Mustaqillik bayrami shodiyonalari o‘z nihoyasiga yetdi

23 Aug, 2025 - 21:00
13
Mustaqillik bayrami shodiyonalari o‘z nihoyasiga yetdi

Mustaqillik bayrami shodiyonalari o‘z nihoyasiga yetdi

Sherobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirlari yuksak saviyada o‘tkazildi.

Tadbir davomida: 
San’atkorlarimizning kuy-qo‘shiqlari, milliy raqslar, turli madaniy va ma’naviy chiqishlar mehmonlar va tumandoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashdi

Xalqimizning yuksak birlik va hamjihatlik ruhi yana bir bor yorqin namoyon bo‘ldi.

Shuningdek, bayramda yurtimiz taraqqiyoti, tinchlik va ozodlikning qadr-qimmati, mustaqillik ne’mati haqida samimiy so‘zlar yangradi. Tadbir davomida mehmon Mirjalol Nematovning ishtiroki esa bayram shukuhini yanada oshirdi.

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan ushbu shodiyona barchaga unutilmas taassurotlar ulashib, mustaqillik g‘oyalarini ulug‘lash va yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash