Ta’ziya
26 Aug, 2025 - 07:00
13
Ta’ziya
O‘zbekiston xalq baxshisi, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi, o‘zbek baxshichilik san’atini dunyoga tanitgan atoqli san’atkor Shoberdi baxshi Boltayev 81 yoshida olamdan o‘tdi.
Shoberdi baxshi Boltayev ibratli umr kechirdi. U baxshichilik san’atini rivojlantirish va uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyarligi, samimiyligi va insoniy fazilatlari bilan yurtdoshlarimiz qalbida mangu yashaydi.
Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi marhum Shoberdi baxshi Boltayevning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Janoza 26-avgust soat 10-00 da Boysun tumani "Munchoq" mahallasida bo'ladi.