#Murojaat #Onlayn_qabul

25 Aug, 2025 - 10:00
17
#Murojaat #Onlayn_qabul

#Murojaat #Onlayn_qabul

Hurmatli yurtdoshlar!

26-avgust kuni soat 10:00dan 11:00ga qadar O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanovning navbatdagi onlayn qabuli bo‘lib o‘tadi. Unda madaniyat va sanʼat sohasining teatr, kino, ta'lim, madaniy faoliyat, nomoddiy madaniy meros va xalq ijodiyotiga oid murojaatlar qabul qilinadi. 

Onlayn qabulda ishtirok etish istagida bo‘lganlar Madaniyat vazirligining https://t.me/madaniyatvazirligi telegram kanali orqali tashkil etilayotgan “Videochat”ga ulanishlari hamda “Qo‘l ko‘tarish” belgisi orqali murojaatlari borligini ma’lum qilishlari lozim.

❗️Onlayn qabuli davomida shaxsiy hayot va ijodiy faoliyat yuzasidan murojaat qilmasligingizni so‘raymiz. 

❕Eslatib o‘tamiz, telegram akkauntida murojaatchining to‘liq ismi, familiyasi va aloqa uchun telefon raqami ko‘rsatilishi shart! Aks holda ushbu murojaat qabul qilinmasligi mumkin.

✅ Onlayn qabulda faol ishtirok eting!

Surkhandarya Culture Administration

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash