YUTUQLAR BARDAVOM BO'LSIN!
26 Aug, 2025 - 11:00
13
YUTUQLAR BARDAVOM BO'LSIN!
Joriy yilning 20-27 avgust kunlari Ozarbayjon Respublikasi, Boku shahrida "Artnova" xalqaro tashkiloti tomonidan Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat tashkilotlari, Rashid Bekhbudov nomidagi Ozarbayjon davlat teatri hamda boshqa tashkilot muassasalar hamkorligida o'tkazilgan "Полёт творчества" ("Ijod parvozi") nomli yosh ijrochilar tanlovida Termiz tuman 13-son bolalar musiqa va san'at maktabining Dutor yo'nalishi o'quvchisi Eshqobilova Farzona faol ishtirok etib, o'z yo'nalishida faxrli I-o'rinni qo'lga kiritdi.