#Surxondaryo_viloyati #Madaniyat_boshqarmasi #Onlayn_muloqot
04 Aug, 2025 - 10:00
17
#Surxondaryo_viloyati #Madaniyat_boshqarmasi #Onlayn_muloqot
Hurmatli yurtdoshlar! Sizda Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘iga sohaga oid murojaatingiz bormi? Unda, siz uchun ajoyib imkoniyat. Endi uyingizdan chiqmagan holda onlayn muloqot orqali o'z murojaatingizga yechim olishingiz mumkin.
Uning uchun siz joriy yilning 6-avgust kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha Surxondaryo viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig'ining navbatdagi onlayn qabulida ishtirok eting.
Onlayn qabulda ishtirok etish istagida bo'lganlar ushbu t.me/surxonmadaniyati havolasi orqali telegram kanalda tashkil etiladigan "Videochat"ga ulanishlari hamda "Qo'l ko'tarish" belgisi orqali murojaatlari borligini ma'lum qilishlari lozim.
Boshqarma boshlig'ining onlayn qabuli davomida faqatgina sohaga oid murojaatlar qabul qilinadi.