🎭 Spektakl namoyishi
01 Jul, 2025 - 12:00
11
🎭 Spektakl namoyishi
Surxondaryo viloyat musiqali drama teatriga Termiz tumanidagi harbiy qismdan tashrif buyurgan harbiylar va harbiy qism xizmatchilariga jahon adabiyotining yetuk namoyondalaridan biri Chingiz Aytmatov asari asosida, rejissyor – Farxod Boltayev, rassom Xayrulla Chorshanbiyevlar tomonidan sahnalashtirilgan "Momo yer" spektakli namoyish etildi. Ikkinchi jahon urushining mudhish oqibatlaridan hikoya qiluvchi yangicha uslub va talqindagi spektakl tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. Har bir voqeylikni davomli olqishlar va hayajon bilan kuzatgan harbiylar, spektakl yakunida jamoaga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, aktyorlarga guldastalar ulashishdi.